Jamiyatimiz xaqida

"Jasmine" jamiyati, o'z tarmog'ida yetakchi kompaniyalardan biri sifatida o'z faoliyatini Istanbul shahri Eminönü tumanida kompaniyaning markaziy ofisida davom ettirmoqda va mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi fabrikasi esa Bursa shahrida joylashgan.

Logistika jihatidan yaqin bo'lganligi sababli Yaqin Sharq, Arabiston yarim oroli va Shimoliy Afrika bozorlariga  kirishni maqsad qilgan jamiyatimiz, chet alda o'z filillarini ochdi. Buning natijasida jamiyatimizning sifatli mahsulotlari Dubai filialimiz orqali Afrika va Osiyo bozorlariga, Germaniya filialimiz orqali esa butun Yevropaga taqdim etilmoqda.

O'zining tijoriy faoliyatini tekstil to'qimachilik mahsulotlarini yetkazib beruvchi va ishlab chiqaruvchi sifatida davom ettirayotgan "Jasmine" jamiyati, o'zining oliy ma'lumotli, professional, yechimga yo'nalgan, bozorga sezgir va mutaxassis ekspert xodimlari bilan doimo o'z mijozlarining mamnuniyatini qozonishni shior qilib oldi. O'z mahsulotlarini jahon miqyosida ishlab chiqarayotgan va yetkazib berayotgan mahsulotlarni doimiy ravishda kuzatib borayotgan "Jasmine" jamiyati, jahondagi iqlim sharoitini, mahsulotlarning talab va yetkazib berish muvozanatini, jahondagi talab darajasini, narxlarning o'zgaruvchanligini, asl mahsulotlarning namunalaridagi muvozanatlar kabi masalalar bo'yicha qo'lga kiritgan barcha ma'lumotlarni o'z mijozlari bilan o'rtoqlashadi, buning natijasida ularning o'z vaqtida va omadli faoliyatlari olib borishiga ko'mak beradi.

"Jasmine" jamiyati, o'z mijozlarining mamnuniyatlari hamda xalqaro yetkazib beruvchilar bilan mustahkam hamkorligi tufayli mintaqadagi salohiyatini kundan-kunga oshirib bormoqda.

WhatsApp